17:42 / 15.10.2015
2259

Chicken Treat restoranlar tarmog‘i Betti laqabli tovuqqa tvitterda tvitlar yozdirdi

Avstraliyadagi tez tayyor bo‘ladigan yeguliklar sotishga mo‘ljallangan Chicken Treat restoranlar tarmog‘i tvitterda bosh qahramoni Betti laqabli tovuq bo‘lgan kampaniyani boshladi, deb yozadi CNET nashri.

Manbaning yozishicha, mazkur g‘oya muallifi tvitterda maxsus akkaunt ochgan holda monitor qarshisiga tovuqni olib kelib tvitterda xabar qoldirish funksiyasini ochib qo‘yadi. Tovuq klaviatura ustidan yurib turli harflarni bosib tvit yozadi.

Natijada Betti tvitterda tvit yozgan ilk tovuq sifatida Ginnesning Rekordlar kitobidan o‘rin olishi mumkin bo‘ladi.

Albatta bundan ko‘zlangan asosiy maqsad restoranni reklama qilishdan iborat. Tarmoqda mashhurllikka erishgan tovuqqa aloqador tvitlarni #chickentweet xeshtegi orqali topishingiz mumkin.

Top