09:32 / 15.10.2015
2223

FIFA Mangalyaning "Portu"dan "Manchester Siti"ga o‘tishida qing‘irlik bergani ehtimoli bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi

FIFA fransiyalik himoyachi Eliakim Mangalyaning 2014 yilning avgustida "Portu"dan "Manchester Siti"ga o‘tishi bo‘yicha amalga oshirilgan transfer jarayonini tekshiradi.

Bu ishda tashkilot manchesterliklarga nisbatan e'tiroz bildirishmaydi.

FIFAdagilar portugallar jamoasining moliyaviy qing‘irlik amalga oshirganidan shubhalanishmoqda.

Qayd etilishicha, "Portu" transferlar qoidasini uchinchi tomon aralashuviga yo‘l qo‘yish orqali buzgan. Mangalyaning transfer huquqining bir qismi Doyen Sports kompaniyasiga tegishli bo‘lgani aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, ushbu futbolchi uchun "shaharliklar" 54 million yevro to‘lashgandi.

Top