22:43 / 15.10.2015
6967

Germaniya qor bilan qoplandi

Germaniyaga kutilmaganda qish tashrif buyurdi. Mamlakatning ko‘plab hududlari qor bilan qoplandi.

Haydovchilar yo‘llarda qiyinchilik bilan harakat qilishmoqda. Mamlakat markazidagi havo harorati minus to‘rtga tushib ketdi, yo‘llar muzladi, deb ma'lum qilmoqda stormnews.ru.

Gessen, Bavariya, Tyuringiya, Saksoniya va Saksoniya-Anxaltda 10 sm qalinlikda qor yog‘di, deb xabar bermoqda RusVerlag.de. Mahalliy meteorologlarning aytishicha, qor yog‘ishi davom etadi.

Top