17:52 / 15.10.2015
2664

Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husayn FIFA prezidentligi uchun saylovda qatnashishini rasman ma'lum qildi

Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husayn Xalqaro futbol federatsiyalari Assotsiatsiyasi (FIFA) prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yishini rasman ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.

FIFA prezidentligi uchun saylovlar 2016 yilning 26 fevral kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Biroq hozirda ushbu muddatning cho‘zilishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

FIFA prezidentligiga nomzodini qo‘yish uchnu da'vogar kamida tashkilotga a'zo bo‘lgan beshta federatsiyaning qo‘llab-quvvatlashiga erishishi lozim bo‘ladi. Prezidentlik uchun nomzodini ko‘rsatish muddati 26 oktabr kuni nihoyasiga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq UYeFA prezidenti Mishel Platini mazkur lavozim uchun o‘z nomzodini qo‘ygandi. Keyinroq FIFA axloq qo‘mitasi fransuz mutaxassisini FIFAning amaldagi prezidenti Yozef Blatter bilan birgalikda noqonuniy ravishda 2 million frank pul aylanmasini amalga oshirganlikda ayblab 90 kunga futboldan chetlashtirgandi.

Top