16:11 / 15.10.2015
5898

Islom Karimov Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 15 oktabr kuni Qozog‘istonga jo‘nab ketdi.

Davlat rahbarlari uchrashuvida MDH doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro va mintaqaviy miqyosdagi dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Top