10:19 / 15.10.2015
4997

MDH davlatlari tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida 22ta masala ko‘rib chiqiladi

15 oktabr kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida MDHga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu yig‘ilishda jami 22ta masala ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarda ma'lum qilingan.

Kun tartibida ko‘rib chiqiladigan masalalar orasida MDHga a'zo davlatlar rahbarlarining BMT tashkil topganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan va xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasidagi bayonoti loyihasini tasdiqlash, shuningdek MDH davlat rahbarlarining 2016 yilda Chernobl AESi halokatiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan murojaati kabi hujjatlar mavjud.

2016 yilda MDHga 25 yil to‘lishi munosabati bilan iqtisodiy, fan va madaniy-gumanitar sohalarda bir qator hamkorlikdagi tadbirlar rejasini tasdiqlash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, vazirlar gumanitar va huquq tartibot sohasidagi hujjat loyihalarini ko‘rib chiqadi. Ular e'tiboriga MDHga a'zo davlatlarning 2020 yilgacha harbiy sohadagi hamkorlik konsepsiyasi loyihasi tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha imzolangan hujjatlar tashkilotga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashi yig‘ilishida tasdiqlash uchun yuboriladi.

Top