07:32 / 15.10.2015
2435

Misrda masjid yaqinidagi portlash tufayli 2 kishi halok bo‘ldi

Misrning Shimoliy Sinay viloyatidagi masjid yaqinida portlash amalga oshirilishi tufayli 2 kishi halok bo‘ldi va 5 kishi tan jarohatlari oldi.

Huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotiga ko‘ra, bu terakt El-Arish shahridagi masjid oldida qo‘lda yasalgan bomba harakatga keltirilishi orqali amalga oshirilgan.

Ushbu terakt tufayli qurbon bo‘lganlarning biri politsiyachi, yana biri tasodifiy yo‘lovchi bo‘ldi.

Sentyabr oyi oxirida Misr hukumati Sinayni jangarilardan tozalash amaliyotlarini o‘tkazgandi.

Top