10:51 / 15.10.2015
3199

Myanma hukumati isyonchilar bilan tinchlik sulhi tuzishdi

Myanmada 2 yil davom etgan muzokaralardan keyin hukumat va isyonchilarning 8ta guruhi o‘rtasida sulh tuzildi.

Ushbu sulh bitimi imzolanishi marosimi mamlakat poytaxti Yangon shahrida bo‘lib o‘tgan. Jarayon milliy televideniye orqali jonli ravishda efirga uzatilgan.

Ushbu kelishuv mamlakat hududidagi isyonchilarning 15 guruhidan 8tasi bilan tuzildi. Unga ko‘ra, bu guruhlar taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarildi.

Qayd etilishicha, Myanmadagi eng yirik isyonchi tashkilotlar hisoblanmish Va davlati birlashgan armiyasi (USWA) hamda Kachin mustaqilligi armiyasi tashkilotlari bilan sulh tuzilishiga erishilmagan. Bu tashkilotlar mamlakatning shimoliy qismidagi Kachin shtatida joylashishgan va hukumat armiyasi bilan muntazam to‘qnashuvlarga kirishib turadi.

Shuningdek, yana 5ta guruh bu kelishuvlar doirasidan tashqarida qolgan.

Ma'lumot uchun, Myanmada qonuniy hukumat va muxolifat kuchlari orasidagi ziddiyatlar 1948 yilda Buyuk Britaniya bu mustamlakasini tark etganidan beri davom etib keladi.

Top