Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida “Islom terrorchilikka qarshi” forumini yaratishni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Bu jihatdan u Afg‘oniston, Suriya va Iroqdagi vaziyat muhim o‘rin tutishi ta'kidlandi.
“Bugun sunniylar va shialar o‘rtasidagi masalalar yuzasidan spekulyatsiya olib borilmoqda, Suriyada bo‘layotgan voqealar esa biz uchun, ayniqsa Markaziy Osiyo uchun jiddiy tahdiddir”, - dedi Nazarboyev.
Eslatib o‘tamiz, Ostonada Rossiya va Qozog‘iston prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar rivoji, shuningdek, YeIIning istiqbollari yuzasidan fikr almashilishi aytilgan.