10:37 / 15.10.2015
3585

Norvegiya Rossiya orqali kirib kelayotgan suriyalik qochqinlarni kiritmaydi

Qirollikka Norvegiya-Rossiya chegarasi orqali kirayotgan suriyalik qochqinlar yana Rossiyaga qaytarib yuboriladi, deb xabar berdi adliya vaziri Anders Anundsen Norvegiya uzatish korporatsiyasi bilan muloqotida.

“Boshpana so‘rab murojaat qiladiganlarning bir qismi Rossiyada uzoq muddat yashagani aniqlanadi. Bu degani, ular urush, ochlik va qashshoqlikdan qochmayapti, va Norvegiya ularning xavfsizligini ta'minlashiga muhtoj emas, buni Rossiya qilib bo‘lgan”, - dedi u.

Rossiya hududida uzoq muddatdan buyon qonuniy yashab kelayotgan qochqinlar darhol ortga qaytarib yuborilishi ma'lum qilindi.

Top