01:05 / 15.10.2015
9456

Putin Davlat dumasiga Injil va Qur'ondan olingan matnlarni ekstremistik deb tan olinishini taqiqlovchi qonun loyihasini kiritdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Davlat dumasiga Injil, Qur'on, Tanax va Ganjura kabi turli dinlarga mansub muqaddas kitoblarning mazmuni va ulardan olingan matnlarni ekstremistik deb tan olinishini taqiqlovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Avvalroq cherkov va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha sinod bo‘limi mintaqaviy aloqalari xizmati rahbari diakon Andrey Titushkin muqaddas kitoblardan olingan matnlarni ekstremistik deb qaralishini to‘liq taqiqlash kerakligini aytgan edi.

Sentyabr oyi o‘rtalarida Janubiy Saxalinsk shahar sudi Qur'on suralari keltirilgan kitobni ekstremistik deb topgan edi. Bunga javoban Checheniston rahbari Ramzon Qodirov bu qarorni chiqargan Janubiy Saxalinsk sud hakami Natalya Perchenko va prokuror Tatyana Bilobrovetsni “shaytonlar” deb atab, javobgarlikka tortishga chaqirgan edi.

Top