07:35 / 15.10.2015
3407

Putin Medvedevni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” I darajali ordeni bilan taqdirladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedevni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” I darajali ordeni bilan taqdirladi. Bu haqdagi buyruq huquqiy informatsiyalar portalida e'lon qilingan.

Ma'lum bo‘lishicha, orden Rossiya Federatsiyasining ijtimoiy-iqtisoliy taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun beriladi.

“Rossiya Federatsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun hukumat vakili Medevedov Dmitriy Anatolevich “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” I darajali ordeni bilan taqdirlansin”, — deyiladi buyruqda.

Top