06:18 / 15.10.2015
3895

Rossiya energetika vazirligi Saudiya Arabistonining Yevropa neft bozoriga chiqishini “juda kuchli raqobat” deb atadi

Saudiya Arabistonining Yevropaning neft bozoriga chiqishi Rossiyada “juda kuchli raqobatga” misol deb ataldi. Bu haqda Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Bizda global darajadagi neft bozorlari bor. Istalgan davlat qayerga lozim deb topsa o‘sha yerga neft sotadi. Bu raqobat, hozir juda kuchli raqobat ketmoqda”, deb ta'kidlamoqda Novak.

Saudiya Arabistoni sentabr boshidayoq Polshaga Gdansk porti orqali neft yetkazib bera boshlagan. Yevropa Rossiya nefti uchun muhim mintaqadir, biroq ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya bu bozorda Yaqin Sharq, jumladan Saudiya Arabistonidan kelayotgan arzon neft sababli o‘z mavqeini yo‘qotmoqda.

Top