02:22 / 15.10.2015
3403

Rossiya va AQSh harbiylari videoanjuman orqali Suriya hududidan parvozlarning xavfsizligi masalalarini muhokama qilishdi

Rossiya va AQSh harbiy ekspertlari 14 oktabrda Suriya hududidan Rossiya aviatsiyasi va AQSh boshchiligidagi koalitsiya uchish apparatlarining parvozlari xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha kelishuvning matnini muvofiqlashtirish bo‘yicha uchinchi videoanjuman o‘tkazdilar. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati boshqarmasida ma'lum qilindi.

“Bo‘lg‘usi hujjatning muhim jihatlari bo‘yicha fikrlarning yaqinlashishi qayd qilindi. Tomonlarning keyingi harakatlarining tartibi kelishib olindi”, deyilmoqda xabarda.

Shu bilan birga, Vashingtonda videoanjuman davomida taraqqiyotga erishilgani ma'lum qilindi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligining rasmiy vakili, kapitan Jyeff Devis aytib o‘tdi.

Top