17:36 / 15.10.2015
3377

Rustam Qosimjonov kuchli o‘nlikdan joy oldi

14 oktabr kuni Berlinda blits bo‘yicha Jahon chempionatining (FIDE World Blitz Championship 2015) final turlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan 188 ishtirokchidan 155 nafari grossmeyster edi.

O‘zbekiston vakili, grossmeyster Rustam Qosimjonov 10-yutuqli o‘rinni egalladi. Yutuqli o‘rinlar soni 24ta bo‘ldi. Uning 2810 punktlik ko‘rsatkichlariga blits bo‘yicha yana 97 punkt qo‘shilib, 21 ochkodan 13.5 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi hamda Levon Aronyan, Gelfand Boris, Dominges Lener, Mamadiyarov Shahriyor, Karyakin Sergey, Vishvanatan Anand singari grosmeysterlardan o‘tib ketdi.

Bu haqda Magichess.uz sayti xabar berdi.
Turnirda birinchi o‘rinin rossiyalik shaxmatchi Aleksand Grishchuk g‘olib bo‘ldi.

Top