20:02 / 15.10.2015
3879

Sankt-Peterburgda haydovchi piyodani anhorga otib yubordi

Sankt-Peterburgning tarixiy joylaridan birida haydovchi va piyoda o‘rtasida qarama-qarshilik kelib chiqdi. Bu haqda voqea guvohi bo‘lgan va ushbu jarayonning videosini olib, ijtimoiy tarmoqlardan biriga joylagan manbaa ma'lum qilmoqda.

Chorshanba kuni kunduzi, avtomobil boshqaruvchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodani qo‘yib yubormagan. Shandun so‘ng, u mashinasini chetroqqa to‘xtatib, piyodaga yetib olgan hamda uni bir-ikki marta kaltaklab, Kryukov anhoriga tashlab yuborgan.
Bo‘lib o‘tgan ishdan so‘ng, jarohat olgan erkak shifoxonaga yotqizilgan.

Top