11:59 / 15.10.2015
3819

Telegraph: YeIning muhojirlar bo‘yicha rejasi barbod bo‘lish arafasida

Mamlakatlar qochqinlarni ish bilan ta'minlash va ularga moddiy ko‘mak ko‘rsatish holatida emasligi sababli Yevropa Ittifoqining muhojirlar bo‘yicha rejasi xavf ostida, deya yozmoqda The Telegraph.

Yevrokengash mamlakatlari o‘n minglab muhojirlarni joylashtirishda ko‘maklashish va ularga yordam berish maqsadida bir necha milliard yevro ajratishga kelishib olgan edi. Biroq ularning va'dasi bajarilmay qolmoqda, deya qayd etdi maqola muallifi. AQSh ham qochqinlarga boshpana berish masalasiga e'tibor qaratmayapti.

Yevropa Kengashi hisobotida aytilishicha, Yevropa mamlakatlari rahbarlari “tez va qat'iy harakat qilish bo‘yicha aniq hamda bir xil majburiyatlar”ga ega.
“Oliyhimmat so‘zlar amaliyot bilan mustahkamlanishi kerak”, - dedi Yevropa kengashi komissiyasi rahbari Jan-Klod Yunker.

Ayni paytda Yevrokengash Gretsiya va Italiyadagi 160 ming muhojirni joylashtirishni kuchaytirishga harakat qilmoqda. Hisobotda keltirilishicha, “mazkur rejani amalga oshirish uchun hali ko‘pgina ishlarni amalga oshirish lozim”.

Birinchi bosqichda migratsiya tizimiga ishonmayotgan muhojirlar ro‘yxatga olinishi lozim.
Biroq maqola muallifi jarayon juda sust kechayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Top