09:03 / 15.10.2015
2954

Toshkentda Xalqaro mehnat tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyati Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) delegatsiyasi bilan uchrashuvda munosib mehnat sharoitlari va O‘zbekistonning XMT hamda Jahon banki bilan kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

XMT delegatsiyasi tarkibida Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktorining maxsus maslahatchisi Kari Tapiola, bolalar mehnati bo‘yicha yetakchi ekspert Snejana Bedalli, Munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturini amalga oshirish loyihasining texnik maslahatchisi Xarri Taliga, texnik masalalar bo‘yicha bosh maslahatchi Stiven MakKlellend va loyiha mutaxassisi Anastasiya Dubova uchrashuvda ishtirok etdi.

Qayd etish joizki, O‘zbekistonda 2014-2016 yillarda Munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturi 2014 yilning aprelida imzolangan edi. Mazkur dastur uchta strategik yo‘nalishni o‘z ichiga oladi, jumladan, majburiy va bolalar mehnati bo‘yicha konvensiyani joriy etish yuzasidan harakat rejasini o‘z ichiga olgan ishtimoiy sherikchilikni mustahkamlash;

fuqarolar, xususan yoshlar uchun munosib mehnat sharoitlarini kengaytirish; mehnat muhofazasini boshqarishning samarali tizimini ishlab chiqish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

Top