15:21 / 15.10.2015
5803

Xomsda terrorchilar tomonidan qatliom uyushtirildi

“Jabhat an-Nusra” terrorchi tashkiloti jangarilari Xoms viloyatining Tirmala qishlog‘ida tinch aholini yoppasiga qatl qildi, deb xabar beradi Suriyaning Champress portali.

Aytilishicha, qotilliklar masjid yaqinidagi markaziy maydonda sodir etilgan. Terrorchilar bu qotilliklarda Suriya armiyasini ayblashni rejalashtirgani aytilmoqda.
Halok bo‘lganlar soni aniq emas.

O‘z navbatida, Suriya mudofaa vazirligi vakili hukumat armiyasi tinch aholi bor joylarga hujumlar uyushtirmayotganini ma'lum qildi.

Top