18:05 / 15.10.2015
4899

Yamanda Saudiya Arabistoni samolyoti urib tushirildi

Yamanda harbiylar husiychilarga qarshi harbiy amaliyotlar olib borayotgan koalitsiya samolyotini urib tushirishdi.

"Yamanning Saad viloyati hududidagi Gxamr tumanida F-16 rusumli qiruvchi harbiy samolyot urib tushirildi va ekipaj asirga olindi", deyiladi RIA Novosti xabarida.

Qayd etilishicha, bu samolyot Saudiya Arabistoni Harbiy havo kuchlariga tegishli bo‘lgan. Bu samolyot mamlakatning sobiq prezidenti Ali Abdulla Saloh tarafdorlari bo‘lgan harbiylar tomonidan urib tushirilgan.

Saloh tarafdorlari husiychilar tomonida turib jang qilmoqda.

Top