15:44 / 16.10.2015
12760

13 yoshli qiz Qozog‘istondagi eng yosh onaga aylandi

Har yili Qozog‘istonda 3 ming nafarga yaqin voyaga yetmagan qizlar turmush quradi. 2015 yil birinchi yarimyilligida shifokorlar qariyb 2,5 ming holatda 18 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligini qayd etishdi, ularning eng yoshi 13ga kirgan.

Ayollar huquqlari bo‘yicha Qozog‘iston milliy komissiyasi raisi Asiya Xayrulina so‘zlariga ko‘ra, taxminan 2 million qozog‘istonlik o‘smir qizlar jismoniy va psixoemotsional tusdagi muammolar, jumladan, tahqirlash va turli ko‘rinishdagi zo‘ravonliklarga duch kelishgan, deya xabar bermoqda Kazinform.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan olti oy mobaynida Qozog‘istonda voyaga yetmaganlarga nisbatan 726ta jinsiy xarakterdagi jinoyat qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 foiz ko‘p demakdir.

Top