14:42 / 16.10.2015
21490

Amerikalik diplomatlar paxta terimlarida o‘zlarini o‘zbekistonlik deb tanishtirishdi

AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimlari Qashqadaryo viloyatidagi paxta dalalariga yo‘l olib, u yerda o‘zlarini O‘zbekiston TIV xodimlari va OAV vakillari deb tanishtirishdi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilinmoqda.

Aytilishicha, ular shu yo‘l bilan paxta terimchilariga “begona” emasliklarini ko‘rsatib, “o‘zimiznikilar” sifatida paxta terimiga bolalar majburan jalb qilinmoqdami, yo‘qmi, aniqlashmoqchi bo‘lishgan.
Bundan tashqari, ular paxta terish jarayonining tashkiliy tomoniga daxldor boshqa masalalarda ham savollar bilan murojaat qilishgan.
Keyinroq ular aslida amerikaliklar ekanligi aniqlangan. Ular bu yerga “kutilmagan” tekshiruv o‘tkazish uchun tashrif buyurganlari aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining 13 konvensiyasiga a'zo bo‘lib, ular orasida majburiy mehnat to‘g‘risidagi 105-raqamlisi ham bor. Mamlakatda bolalarning majburiy mehnatiga yo‘l qo‘yilmasligini tekshirish uchun paxta mavsumida bu yerda XMTning rasmiy vakillari taklif qilinadi. Shuningdek, bu borada boshqa chora-tadbirlar ham ko‘rilmoqda.

Top