11:44 / 16.10.2015
3207

AQSh Turkmaniston bilan aloqalarni mustahkamlaydi

AQSh Turkmaniston bilan aloqalarni yanada chuqurlashtirish va konstruktiv dialog o‘rnatish niyatini bildirdi. Bu haqda Vashingtonda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov o‘tkazgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra AQSh davlat departamenti matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytildi.

Hujjatda aytilishicha, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri bilan davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Entoni Blinken, davlat kotibining qurollanish nazorati va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Rouz Gottemyuller hamda Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Nisha Desai Bisuallar uchrashib, har yillik ikki tomonlama konsultatsiyalarning to‘rtinchi raundini o‘tkazishgan.

Top