08:55 / 16.10.2015
3546

AQShda o‘zini MRB xodimi deb tanishtirib yurgan erkak qo‘lga olindi

Federal hukumat 62 yoshli Ueyn Simmonsni hibsga oldi. Huffington Post nashrining yozishicha, u o‘zini ekspert va Markaziy razvedka byurosining sobiq xodimi sifatida tanishtirib yurgan.

U Fox News telekanalida terrorchilik bo‘yicha ekspert sifatida chiqib, razvedka ishi haqida fikrlar bildirib kelgan. Simmons 1973-2000 yillarda MRB strukturasida xorijdagi bir qancha operatsiyalarda ishtirok etgani yuzasidan yolg‘on axborot berganlikda ayblanmoqda.

Bundan tashqari, u yolg‘on ma'lumot taqdim etib, AQSh mudofaa idorasining pudratchiligiga da'vo qilgan.
Simmons bir necha yilga qamalishi mumkin.

Top