10:54 / 16.10.2015
9833

Ashxobod Ostonaga norozilik bildirdi

Ashxobod Ostonaga o‘z noroziligini bildirib, bundan keyin Turkmanistondagi vaziyatni yoritishda Qozog‘iston xolis axborotdan foydalanishiga umid bildirdi.

15 oktabr kuni Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari uchrashuvi chog‘ida Nursulton Nazarboyev “Islom terrorchilikka qarshi” forumini o‘tkazishni taklif qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, Suriyadagi vaziyat Markaziy Osiyo mintaqasiga ta'sir o‘tkazishi mumkin. “Biz Turkmaniston chegarasida sodir bo‘lgan voqealardan xabardormiz”, - qo‘shimcha qildi Qozog‘iston yetakchisi.

Shu munosabat bilan Turkmaniston TIV tarqatgan xabarnomada bunday voqealar bo‘lganini inkor qildi.

“Turkmaniston davlat chegarasidagi vaziyat haqida Qozog‘istonning bunday so‘zlari haqiqatga mos kelmasligi munosabati bilan bunday so‘zlar aytilganidan o‘z xavotirimizni bildiramiz”, - deyiladi matnda.

Top