01:06 / 16.10.2015
5241

Associated Press: AQShlik harbiylar Qunduzdagi shifoxonaga hujum qilishayotganini bilishgan

AQShning maxsus operatsiyalar bilan ishlovchi tahlilchilari Afg‘onistonning Qunduz shahridagi “Chegarasiz shifokorlar” shifoxonasiga hujum qilinishidan bir necha kun avval ushbu obekt haqida ma'lumotlar yig‘ishgan, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Agentlikning ma'lumotlariga ko‘ra, harbiy tahlilchilar qo‘lida shifoxonaga tegishli bo‘lgan hujjatlar arxivi, jumladan obekt ajratib ko‘rsatilgan xaritalar bo‘lgan. Razvedka shifoxona toliblar qo‘mondonligi tomonidan nazorat punkti sifatida ishlatilgani va u yerda qurol-aslaha saqlangan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, mutaxassislar qo‘mondonlikka terrorchilar yo‘q qilindi deb, hujumni oqlab yuborishgan.  

Pentagon rasmiy vakillari bu ma'lumotni inkor etmoqdalar.

Top