18:33 / 16.10.2015
3592

Gollivudning “oltin asri” aktrisasi Joan Lesli 90 yoshida olamdan o‘tdi

Joan Lesli, “Serjant York”, “Qo‘shin uchun gollivudcha tuzoq” va “Dudl Dendi yankilar” filmlarida rol ijro etgan aktrisa Joan Lesli Los-Anjyelesda 90 yoshida olamdan o‘tdi, deb yozmoqda Los Angeles Times nashri.

Aktrisani Gollivudning faxriysi hisoblashardi. U Raul Uolshning “Yuqori Serra” kinokartinasida rol ijro etganida 15 yoshda bo‘lgan.
Lesli 16 yoshga to‘lganda Warner Brothers kinokompaniyasi unga “Serjant York” filmidagi bosh rol ijrosini taklif etadi.

40-yillarning o‘rtalariga kelib, aktrisa Warner Bros. Kompaniyasi bilan shartnomasini bekor qiladi. Kichik studiya bilan shartnoma tuzadi va reklama roliklarida tushib yuradi. 1950 yilda Lesli turmushga chiqadi va egiz farzandlar ko‘radi. Bolalar katta bo‘lgunga qadar goh-gohida turli filmlardagi roli bilan katta ekranlarda paydo bo‘lib yuradi. Aktrisa, shuningdek, xayriya ishlari bilan ham shug‘ullangan.
Uning turmush o‘rtog‘i, vrach Uilyam Kolduell 2000 yilda olamdan o‘tgan edi. Joan leslidan ikki qiz farzand qoldi.

Top