23:08 / 16.10.2015
6658

KUN.UZ dayjesti: 16 oktabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 16 oktabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

“Vazir bo‘lsam, seni otib tashlayman”: Nikolay Lukashenko haqida nima bilamiz?>>

2015 yilning 11 oktabr kuni Belarusda navbatdagi prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Aleksandr Lukashenko yana prezident etib saylandi. U mazkur lavozimga 1994 yilda ilk marotoba kelgan.

AQShda o‘zini MRB xodimi deb tanishtirib yurgan erkak qo‘lga olindi>>

Federal hukumat 62 yoshli Ueyn Simmonsni hibsga oldi. Huffington Post nashrining yozishicha, u o‘zini ekspert va Markaziy razvedka byurosining sobiq xodimi sifatida tanishtirib yurgan.

Beylning agenti Ronalduni «eng yaxshi ich kiyim sotuvchisi» deb ataganini inkor etdi>>

"Real" klubi yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida matbuotda yozilayotgan gaplarni inkor etdi.

Sirg‘ali avtomobil bozoridagi Spark va Matiz narxlari o‘rganildi>>

Toshkentdagi Sirg‘ali avtomobil bozorida 29 ming km masofa bosgan Chevrolet Spark (2013 y) mashinasi 7200 dollarga sotilmoqda.

Sobiq ittifoq IBM bosma mashinkalari orqali AQSh diplomatlari ortidan kuzatgan>>

“Sovuq urush” zamonlarida Sobiq ittifoqning maxsus xizmatlari AQShlik diplomatlar ortidan IBM Selectric bosma mashinkalarida terilgan matn haqida ma'lumot yig‘uvchi, oddiy ko‘zga ko‘rinmaydigan “juchok” orqali kuzatganlar. Bu qurilma, ehtimol, tarixdagi birinchi keylogger (kompyuter klaviaturasida kiritilayotgan axborotni kuzatuvchi dastur, qurilma) sifatida e'tirof etilmoqda. Bu haqda Ars Technica nashri xabar bermoqda.

Amerikalik diplomatlar paxta terimlarida o‘zlarini o‘zbekistonlik deb tanishtirishdi>>

AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimlari Qashqadaryo viloyatidagi paxta dalalariga yo‘l olib, u yerda o‘zlarini O‘zbekiston TIV xodimlari va OAV vakillari deb tanishtirishdi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilinmoqda.

Qirg‘izistonlik “yig‘layotgan shahid”ning qarindoshlari farzandlarining yaxshi inson bo‘lganini ta'kidlashdi>>

“Yig‘layotgan shahid”ning qo‘poruvchilikni amalga oshirishga yo‘l olayotgani qayd qilingan videolavha butun dunyoni larzaga soldi. Qirg‘izistonning kichik bir shahrida esa videoni ko‘rganlar uning “qahramon”iga qo‘shilib yig‘lashdi – marhum terrorchi ularning jigari bo‘lib chiqdi.

Falastinliklar Yusuf payg‘ambarga tegishli deya hisoblanuvchi qabrni yoqib yuborishdi>>

Isroilning Haaretz agentligi 16 oktabr kuniga o‘tar kechasi falastinliklar Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan Nablus shahri yaqinidagi Yusuf payg‘ambarga tegishli deya hisoblanuvchi qabrni Molotov kokteyli yordamida yoqib yubordi, deya xabar tarqatdi.

13 yoshli qiz Qozog‘istondagi eng yosh onaga aylandi>>

Har yili Qozog‘istonda 3 ming nafarga yaqin voyaga yetmagan qizlar turmush quradi. 2015 yil birinchi yarimyilligida shifokorlar qariyb 2,5 ming holatda 18 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligini qayd etishdi, ularning eng yoshi 13ga kirgan.

Su-30 qiruvchilari IShIDning Iroqdagi pozitsiyalariga zarba bera boshladilar>>

Rossiya Iroqqa yetkazib bergan Su-30 qiruvchilari IShIDning ushbu mamlakatdagi pozitsiyalariga zarba bera boshladi. Bu haqda Iroq armiyasining matbuot markazi Media War Cell xabar bermoqda.

OAV: Nemis razvedkasi AQSh Davlat departamenti ortidan josuslik qilgan>>

Germaniya federal ma'lumotlar xizmati (BND) AQSh Davlat departamentini kuzatishni yo‘lga qo‘ygan. Bu haqda Germaniyadagi Focus nashri xabar bergan.

Bloomberg: Rossiyaliklar AQShni yomon ko‘radi, lekin u yerga ko‘chib o‘tishni xohlaydi>>

Levada-sentr o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning 70 foizi AQShga salbiy munosabatda bo‘lishiga qaramay, ularning katta qismi shu davlatga ko‘chib o‘tishni xohlaydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Misrlik aktrisa behayo filmlar ko‘rishga da'vat qilgani uchun sudga chaqirildi>>

Misrlik aktrisa Entissar al-Qahira Waalnas telekanali efirida uylanmagan yosh odamlar ko‘proq behayo filmlar ko‘rishi lozimligini aytgani uchun sudda javob beradigan bo‘ldi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.

Xitoylik aktrisa go‘zal qiyofasidan shubhalanishgani uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi>>

Anjyela Beybi taxallusi bilan mashhur xitoylik aktrisa Yan Vin Pekindagi Ruili shifoxonasi ayolning go‘zalligi tabiiy emas, deya e'lon qilganidan so‘ng tibbiy ekspertizadan o‘tdi. Bu haqda The Independent xabar tarqatdi.

Internetda AQSh tomonidan dronlar qo‘llanilishiga doir ma'lumotlar paydo bo‘ldi>>

The Intercept nashri AQSh tomonidan Afg‘oniston va Yamanda uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari qo‘llanilishi haqidagi ko‘plab maxfiy hujjatlarin oshkor qildi. The Wired nashrining yozishicha, bu ma'lumotlar “Ikkinchi Edvard Snouden” deb atalgan noma'lum informant tomonidan taqdim etilgan.

WT: Putin muhojirlar inqiroziga nuqta qo‘yishi mumkin>>

Rossiya prezident Vladimir Putin Suriyadagi ommaviy muhojirlik inqiroziga nuqta qo‘ygan inson sifatida tarixda muhrlanishi mumkin, deb hisoblamoqda The Washington Times nashri.

Bloomberg: AQShning uzoq urushlari Obama ketgach ham davom etadi>>

AQSh prezidenti o‘z prezidentlik vakolati tugagunga qadar Amerika boshlagan ikki urushni to‘xtatishga va'da bergandi. Ammo u ana shu va'dasidan birini ustidan chiqa olmaydi, shekilli, deb yozmoqda Bloomberg.

Top