17:48 / 16.10.2015
2758

Mehnat vazirligida XMT vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida uch tomonlama hamkorlarning Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlikning Facebook’dagi sahifasi orqali xabar berildi.

Uchrashuv 15 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Aziz Abduhakimov, Savdo-sanoat palatasi raisi A. Shayxova, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi T. Narbayevaning XMT maxsus vakili Sneji Bedalli boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda XMTning O‘zbekiston bilan hamkorligi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan, aholining munosib mehnat sharoitlarini ta'minlash yuzasidan konvensiyalar shartlarini amalga oshirish ishlari yuzasidan muzokara olib borildi.
XMT vakillari O‘zbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak baholagani ta'kidlab o‘tildi.

Top