18:41 / 16.10.2015
2999

Mourino o‘zining AFA tomonidan diskvalifikatsiya qilinishi bo‘yicha apellyatsiya berdi

Angliyaning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya futbol Assotsiatsiyasining portugaliyalik mutaxassisning bitta uchrashuvga chetlatilishi va jarimaga tortilishi bo‘yicha apellyatsiya berdi.

«Biz chetlashtirilish va jarimaning sabablari to‘g‘risida yozma ma'lumot oldik va apellyatsiya bilan murojaat qilishga qaror qildik. Hozir mening fikr aytishimni taqiqlaydigan payt, shunday ekan boshqa hech narsa qo‘shimcha qilmayman», – deya gapirib o‘tdi Mourino.

Ma'lumot uchun, portugaliyalik mutaxassis Angliya premer-ligasining «Sauthempton»ga qarshi uchrashuvida (1:3) ishlagan hakamlarga nisbatan bildirgan fikrlari uchun shunday jazoga tortilgandi.

Bundan oldinroq, Mourino o‘zining diskvalifikatsiya qilinishi AFA uchun sharmandalik ekanini aytib o‘tgandi.

Top