14:34 / 16.10.2015
5479

Navoiyda 5000 so‘mlik kupyuralarni qalbakilashtirgan shaxs qo‘lga olindi

Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan Zarafshon shahrida yashovchi 41 yoshli fuqaro qo‘lga olindi.

U savdo do‘koniga kirib oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, 8 dona qalbaki 5000 so‘mlik kupyuradagi pullarni bergan vaqtda ushlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar qilgan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top