16:55 / 16.10.2015
4006

OAV: Nemis razvedkasi AQSh Davlat departamenti ortidan josuslik qilgan

Germaniya federal ma'lumotlar xizmati (BND) AQSh Davlat departamentini kuzatishni yo‘lga qo‘ygan. Bu haqda Germaniyadagi Focus nashri xabar bergan.

Nashrda yozilishicha, bundan maqsad AQShning Afg‘onistondagi harbiy bazalari haqida ma'lumot yig‘ish bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, bu BND bilan bog‘liq ilk mojaro emas. Bundan oldinroq, nemis razvedkasi 2013 yilgacha vaqt davomida YeI va AQShning bir qator davlat idoralarini kuzatishni yo‘lga qo‘ygani ma'lum qilingandi.

Bundestag BND ma'lumotlar bazasini va tashkilot xodimlarini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzilishini ma'lum qildi.

2015 yilning bahorida bu maxsus xizmat AQSh MXA so‘rovi bo‘yicha Yevropadagi davlatlar fuqarolari ortidan josuslik qilgani haqida xabarlar berilgandi.

Germaniya federatsiyasi hukumati josuslik bilan bog‘liq mojarolar tufayli tinimsiz ravishda muxolifat tanqidiga uchrab kelmoqda. Bundestag deputati Konstantin fon Nottsning ("Yashillar partiyasi") qayd etishicha, hukumat vakillaridan bir qanchasi BND`ning noqonuniy harakatlaridan boxabar bo‘ogan.

Top