10:02 / 16.10.2015
3306

Pentagon Seulga KF-X qiruvchisini yasash uchun zarur texnologiyalarni berishdan bosh tortdi

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Janubiy Koreyaga KF-X qiruvchisini yasash uchun zarur texnologiyalarni berishdan bosh tortdi. Bu haqda AQShdagi Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe boshchiligidagi delegatsiya vakillariga tayangan holda Yonhap agentligi xabar berdi.

Aytilishicha, Karter koreyalik hamkasbi Xan Min Gu bilan uchrashuv chog‘ida bu qarorini bildirib o‘tgan. Shu bilan birga, Koreya bilan harbiy-texnik sohadagi hamkorlikni davom ettirish niyati bildirilgan. Buning uchun kosmos, kibernetika va mudofaa sohasidagi konsultativ organ tashkil etishga kelishib olingan.

Top