18:03 / 16.10.2015
3880

Plutonga sayyora maqomi qaytarilishi mumkin

NASA olimlari Science jurnalida Pluton mitti sayyorasi haqida New Horizons missiyasidan olingan dastlabki tadqiqotlar asosida olingan ma'lumotlar asosidagi tahlilni e'lon qildi. Kashfiyotlardan biri yupqa atmosfera bo‘ldi.

Olimlarning taxminicha, kichik hajmi va Quyoshdan uzoqligiga qaramay, Pluton ancha faol bo‘lishi va vulqon faoliyatini namoyon qilishi mumkin. Bu qanaqadir jarayonlar shakllanayotgan kraterlar ustdiagi moddalarni yangilab turishidan dalolatdir.
Pluton 2006 yili sayyoralar safidan chiqarilgan edi.

O‘shanda Koyper kamarida unga o‘xshash obektlar, masalan, Erida mitti sayyorasi borligi aniqlangan edi. Yangi o‘lchovlar uning Eridadan kattaroq ekanligini ko‘rsatdi. Shu bois unga sayyora maqomi qaytarilishi mumkin.
“Sayyorashunoslik nuqtai nazaridan va soha eksperti sifatida uni sayyora deb baholayman”, - dedi missiya boshlig‘i Alan Shtern.

Top