14:26 / 16.10.2015
3531

Qirg‘izistonda izolyatordan qochgan terrorchi yo‘q qilindi

Qirg‘iziston politsiyasi tergov izolyatoridan qochib ketgan terrorchi Doniyor Qodiraliyevni yo‘q qildi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Baqit Seyitov ma'lumot berdi.
“Jinoyatchi poytaxtdagi “Do‘rdoy-7” dahasi yaqinida xodimimizga pichoq bilan hujum qilganida otib tashlandi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Qodiraliyev Qirg‘izistonda faoliyati man qilingan “Jaysh ul-Mahdiy” tashkilotining a'zosi edi. U sheriklari bilan qochish chog‘ida izolyatorning 4 nafar xodimini o‘ldirgan edi.
Ayni paytda qamoqdan qochgan boshqa jinoyatchilar qidirilmoqda.

Top