11:58 / 16.10.2015
3211

Qirg‘izistonda mahbuslar tomonidan yaralangan qo‘riqchi olamdan o‘tdi

Qirg‘izistonda 50-raqamli tergov izolyatoridan qochgan mahbuslar tomonidan yaralangan qo‘riqchi olamdan o‘tdi. Shu tariqa, qochoqlar tomonidan o‘ldirilgan koloniya xodimlarining soni 4 nafarga yetdi.

IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, olimdan o‘tgan xodim 43 yoshli podpolkovnik Tilak Abulg‘oziyev edi.
Ilgariroq politsiya mahbuslarni ushlash uchun Bishkekdagi Do‘rdoy bozorini o‘rab olgani xabar qilingan edi.

Top