10:10 / 16.10.2015
2504

Qozog‘istonliklar o‘z pochta jo‘natmalarini trek-raqam orqali kuzatish imkoniga ega bo‘ldi

Kazpochta” aksionerlik kompaniyasi jo‘natilgan maktublarning qaysi manzilga yetganini kuzatib borishga imkon beruvchi maxsus raqamga ega konvertlar muomalaga chiqarilganini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“Dunyoning aksariyat mamlakatlarida odatiy maktublar hech qanday trek-raqamlarsiz jo‘natiladi va ularni axborot tizimlari orqali kuzatib borishning imkoni yo‘q. Qozog‘istonda ham mazkur loyiha ishga tushirildi. Avvallari faqatgina buyurtma maktublari va jo‘natmalarni kuzatib borish imkoni bo‘lgan edi.

Mazkur innovatsiya bosqichma-bosqich joriy etiladi”, - deya izoh berib o‘tdi “Kazpochta” AK boshqaruv raisi Bagdat Musin.
Elektron belgiga ega konvertlar abonent qutisiga qadar olib borilib, undagi maxsus trek-raqam orqali qidiruvga beriladi va uning qayerga yetgani haqida ma'lumot olish mumkin bo‘ladi.

Top