22:47 / 16.10.2015
3797

Rossiya Davlat dumasi millatlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari terrorchilarni “islomchilar” deb atamaslikni so‘radi

Rossiya Davlat dumasi millatlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Gajimet Safaraliyev terrorchilarga nisbatan “islomchilar” degan atamani qo‘llamaslikka chaqirdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“Menga “islomchilar” degan so‘z yoqmaydi. Islom dinini terrorchilik bilan adashtirmaslik kerak, chunki islom – bu din, terrorchilar – bu terrorchilar, ular na millatga ega, na biror dinga mansub”, deb aytdi Safaraliyev.

Bundan tashqari, IShID terrorchilik guruhi tomonida turli dinga mansub odamlar – musulmonlar, nasroniylar va ko‘plab boshqa dinlar vakillari jang qilmoqda.

Top