18:25 / 16.10.2015
6284

Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi IShID jangarilari sonini 40-50 ming atrofida deb baholadi

IShID jangarilari soni 40-50 ming atrofida, deya ma'lum qildi Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi vakili Andrey Kartapolov. Bu haqda Rossiyaning “Komsomolskaya pravda” nashri xabar berdi.

“Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ular soni 30 mingdan 80 ming nafargachani tashkil etadi. Odatga ko‘ra, keling, 40-50 ming haqidagi ularning o‘rtasini olamiz”, - dedi Kartopolov IShID jangarilarining soni haqida berilgan savolga javob berar ekan.

Top