09:01 / 16.10.2015
2685

Ukraina 2016-2017 yillarda BMTning Xavfsizlik kengashi a'zosi etib saylandi

Ukraina, Misr, Senegal, Urugvay va Yaponiya 2016-2017 yillarda BMTning Xavfsizlik kengashiga saylandi. Ovoz berish vaqtida ular Bosh Assambleyada yig‘ilgan 193 mamlakat delegatsiyasining har uchtadan ikkitasi ovoziga ega bo‘lishdi.

Misr 179, Senegal 187, Urugvay 185, Yaponiya 184 ovoz oldi. Ukraina esa 177 ovozga ega bo‘ldi. 1 yanvar kuni BMT XK dagi hozirgi Chad, Nigeriya, Litva, Chili va Iordaniyaning ikki yillik vakolati tugaydi. Va 2016 yilda vakolati tugaydigan Angola, Venesuela, Ispaniya, Malayziya va Yangi Zelandiya safiga borib qo‘shiladi.

Xavfsizlik kengashi BMTning asosiy organlaridan biri hisoblanadi. U jahonda tinchlik va xalqaro xavfsizlikni ta'minlash maqsadida tashkil etilgan. XK 15 a'zodan iborat. Ulardan 5 nafari doimiy a'zolar hisoblanadi (Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiya). Qolgan 10 a'zo esa bir yillik muddatga saylanib, o‘zgarib turadi.

Top