13:51 / 17.10.2015
2912

“Proton-M” orbitaga Turkiya sun'iy yo‘ldoshini olib chiqdi

“Proton-M” tashuvchi raketasi Turkiyaning Turksat-4B geostatsionar sun'iy yo‘ldoshini olib chiqdi. Bu haqda Roskosmos vakili axborot berdi.

16 oktabr kuni Boyqo‘ng‘irdan o‘t olgan “Proton-M” 17 oktabr kuni orbitaga yetib bordi va “Briz-M” bloki yordamida yo‘ldoshni u yerga olib chiqdi, deb xabar berdi tashkilot vakili.
Sun'iy yo‘ldosh 36 ming km balandlikka olib chiqildi.

U Mitsubishi Electric tomonidan ishlab chiqilgan telekommunikatsion yo‘ldosh bo‘lib, Turksat Satellite Communication, Cable TV and Operation A.S. yo‘ldosh aloqasi operatoriga tegishlidir.

Top