07:39 / 17.10.2015
3948

Amerikalik rassom 500 mingta Lego donachalaridan “Betmobil” qurdi

Taniqli amerikalik rassom Natan Savayya Lego o‘yinining 500 mingta donachasidan Betmen avtomobili – “Betmobil”ning katta o‘lchamdagi nusxasini yasadi. Mashina noyabrning oxirida Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkaziladigan Art of the Brick ko‘rgazmasida namoyish qilinadi. Bu ko‘rgazmada “Lego”dan yasalgan DC Comics studiyasi komikslari qahramonlariga bag‘ishlangan haykallar namoyish qilinadi.

Savayya avtomobilni yasashi uchun 3 oy sarfladi. Uzunligi 5,5 metr keladigan mashina DC Entertainment kompaniyasi rassomi va hamnoshiri yordamida yaratildi.

Avval advokat bo‘lib ishlagan Natan Savayya oxirgi o‘n yil davomida Lego bo‘laklaridan turli haykallar yaratish bilan shug‘ullanadi. Rassomning ba'zi ishlari 10 minglab dollarga baholanadi.

Top