10:03 / 17.10.2015
2658

AQShda “Al-Qoida”ni qo‘llab-quvvatlagan Britaniya fuqarosi 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Nyu-Yorkda britaniyalik erkak “Al-Qoida” terrorchilik guruhi tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlagan Britaniya fuqarosi 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, u AQSh hududida jangarilar tayyorlash qarorgohini tayyorlashda ko‘maklashgan.

Sudya Ketrin Forrest chiqargan qarorda ko‘rsatilishicha, 41 yoshli Horun Asvat guruhga moddiy yordam ko‘rsatgan.
Asvat aybini tan oldi, lekin sud prokuraturaning talabini qondirishga qaror qilib, 20 yillik jazoni yumshatmadi.

Horun Asvat 2005 yili Londonda AQSh hukumatining talabi bilan qo‘lga olingan edi. U ekstraditsiya qilinishi lozim edi, ammo surishtiruv chog‘ida uning paranoidal shizofreniyaga chalingani aniqlandi. 2014 yil sentabrida London sudi ekstraditsiya qarorni tasdiqladi.

Top