00:09 / 17.10.2015
5655

Begemotlar oilasi hujumkor akulani haydab yubordi

Janubiy Afrikada sayohat qilib yurgan sayyohlar ajoyib videotasvirlarni tushirishga muvaffaq bo‘lishdi. Akula begemotga hamla qiladi va kutilmaganda qaqshatkich javob oladi. Begemotlarning o‘zi ushbu yirtqich baliqqa hujum qilishib, uni haydab yuborishadi.

Bu voqea Kvazulu-Natal milliy parkida sodir bo‘ldi. Akulaning shafqatsizligini mahalliy gid tasvirga olishga muyassar bo‘ldi. Uch daqiqaga yaqin davom etgan qarama-qarshilikda akula begemotlar oilasidan qochib qoladi.

Akula uzoq vaqt o‘lja qidirib, begemotlar oldida aylanib yurdi, so‘ngra ulardan biriga hujum qildi. O‘ljasining hajmi uni sira bezovta qilmadi. Ammo yakunda bu ishiga qattiq pushaymon bo‘ldi.

Top