11:45 / 17.10.2015
3266

Belarusda BATE jamoasi ketma-ket o‘ninchi mavsumda chempion bo‘ldi

Borisov shahrining BATE klubi Belarus chempionatining 23-turida "Vitebsk"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, BATE muddatidan avval mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Aytish joizki, borisovliklar ketma-ket o‘yinchi bor Belarus chempioni bo‘ldi.

Endi BATE mamlakatning 12 karra chempioniga aylandi.

Jamoa bundan oldin 1999, 2002, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013 va 2014 yillarda chempion bo‘lgandi. 2006 yildan beri borisovliklar uzluksiz ravishda chempion bo‘lishmoqda.

Top