10:58 / 17.10.2015
2982

Boliviya prezidenti: Xitoy Boliviyaga mamlakat infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida 7 mlrd dollar kredit ajratadi

Xitoy Boliviyaga infratuzilmalar, transport va elektroenergetikani rivojlagtirish uchun 7 milliard dollar kredit ajratadi. Bu haqda juma kuni Boliviya prezidenti Evo Morales ma'lum qilgan.

"Yaxshi xabar. Alvaro (bosh vazir) Alvaro (Garsiya Linera) XXRdan turib bizga shuni ma'lum qildiki, Xitoy bizga yo‘llar, elektrenergiteka, shuningdek, temir yo‘l sohalarini rivojlantirish maqsadida 7 mlrd dollar ajratar ekan”, - deb prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ABI Boliviya agentligi.

Mahalliy OAVlarining ma'lum qilishicha, Linera Xitoy Xalq Respublikasiga uch kunlik safar uyushtirgan. U safar chog‘ida XXR raisi o‘rinbosari Li Yuanchao va XXR davlat kengashi raisi o‘rinbosari Chjan Gaoli bilan uchrashdi. Muzokaralar markazida ikki tomon hamkorligi mavzulari haqda suhbatlashilgan.

Top