09:53 / 17.10.2015
3579

Erondan sanksiyalar 18 oktabrda olinishi mumkin

Yevropa Ittifoqi 18 oktabrda Erondan sanksiyalarning olinishini rasman e'lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi diplomatik doiradagi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu qaror MAGATE Eron tomonidan kelishuvning shartlari bajarilganini tasdiqlagandan keyin 2015 yilning oxiridan kuchga kirishi mumkin.

Avvalroq Eron parlamenti hukumatga “oltilik” davlatlari bilan erilishgan yadroviy kelishuvning shartlarini bajarishga imkon beruvchi qonun loyihasini ma'qullagani ma'lum qilingandi.

Shu bilan birga qonunda Eron hukumati Tehrondan sanksiyalar olinmasa kelishuvdan voz kechishi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Top