11:14 / 17.10.2015
2460

Google’ning 30 mln kitobni skanerdan o‘tkazish loyihasi qonuniy deb topildi

Google’ning 30 mln kitobni skanerdan o‘tkazish loyihasi bo‘lmish Google Books muzlatib qo‘yilgan edi. Yaqinda ekspertlar guruhi loyihaning muallif huquqi to‘g‘risidagi qonunlarga xilof emasligini va kitoblardan foydalanish qoidalariga muvofiq ekanligini tan oldi.

Google Books loyihasi kitoblarni to‘liq taqdim etmay, faqat qidiruvda ko‘rsatilgan so‘rov bilan bog‘liq qismini foydalanuvchiga taqdim etadi.

Top