22:23 / 17.10.2015
5104

Sochidan Moskvaga uchib kelayotgan “Transaero” samolyotini chaqmoq urdi

“Transaero” aviakompaniyasiga taaluqli bo‘lgan, Sochi-Moskva yo‘nalishida parvoz qiluvchi “Boing-777” samolyotini chaqmoq urdi. LifeNews ning yozishicha, voqea 14 oktabrda sodir bo‘lgan, ammo nimagadir bu haqda 17 oktabrda ma'lum qilishyapti.

Chaqmoq zarbi uchuvchi o‘tiradigan kabinaning shishasi kelib urilgan. Voqea layner Moskvadagi Domodedovo aeroportiga yaqinlashganda sodir bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, chaqmoq uchish rejimiga ta'sir ko‘rsatmagan, uchuvchi samolyotni belgilangan tartibda qo‘ndirgan.

Voqea sabab hech kim jarohat olmagan. Samolyot qo‘ngach, tekshirib qaralganda, laynerning uchuvchi o‘tiradigan kabina shishasi hamda metall qoplamasi zarar ko‘rganligi ma'lum bo‘ldi.

Top