14:06 / 17.10.2015
10999

Rossiya: bir vaqtlar IShID kimlar uchundir “yaxshi” terrorchilar edi

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov ayrim davlatlar terrorchilarni qo‘llab-quvvatlayotganini nazardan chetda qoldirmaslik kerakligini ta'kidladi. Bu haqda RIA Novosti ma'lumot bermoqda.

Antonov xavfsizlik bo‘yicha oltinchi Syanshan forumidagi chiqishida bunday davlatlar yaqindagina IShIDga qarshi kurashishni xayolga ham keltirmaganliklarini ta'kidlab o‘tdi. Lekin davlatlarning nomlari keltirilmadi.

“Yaqindagina g‘ayriinsoniy xatti-harakatlari butun dunyoni larzaga keltirishda davom etayotgan IShID ishtirokchilari ham “yaxshi” terrorchilar edi va Suriyadagi “demokratiya kurashchilari” tomonidan saxiylarcha pul bilan ta'minlanardi”, - dedi u.

Top